Fikrlashga undaydigan kitoblarni nashr qilamiz!

Biz kitobxonlarni dunyoda topda turgan kitoblarni ham oʻqishlarini istaymiz!

«Yoʻl» kitobining muqovasi
«Insonlar sayyorasi» kitobining muqovasi
«12 stul» kitobining muqovasi

Kitob doʻkonlari uchun

Inson kitoblarini ulgurji sotasizmi? Hamkorlik shartlari bilan tanishing.

Batafsil

Nashriyot haqida

Biz Inson nashriyoti bestseller va mashhur kitoblarni tarjima qilib, kitobxonlarga taqdim etamiz.

Hozirgi paytda nashriyotlar koʻpaydi va juda ham koʻplab kitoblar nashr qilinmoqda, bu quvonarli holat. Ammo, insonning vaqti chegaralangan. Har bir kitobxon, yaxshi kitoblarni oʻqishga haqli deb bilamiz )

Shuning uchun ham kitoblar haqida oʻrganib chiqib, dunyo tan olib eʼtirof etgan kitoblarni taqdim qilish yoʻlidamiz.

Missiyamiz

Oʻzbek tilida insonning fikrlashi, dunyoqarashi va hayotiy qarorlariga ijobiy taʼsir qiladigan sifatli kitoblarni taqdim etish.

Istagimiz

Kitobxonlik rivojlanishini istaymiz!

Qadriyatlarimiz

Fikrlash

Har bir kitob oʻquvchiga yangi fikr, savol yoki qarash berishi kerak.

Sifat

Tarjima, tahrir, dizayn va nashr jarayonining har bir bosqichi sifatli bajarilishi kerak.

Xolislik

Kitobni faqat sotish uchun emas, kimga kerak va kimga kerak emasligini ham ochiq aytish.

Masʼuliyat

Kitob insonning dunyoqarashiga taʼsir qiladi. Shu sababli har bir nashr masʼuliyat bilan tanlanadi.

Foydalilik

Kitob oʻquvchi hayotida real intellektual yoki maʼnaviy qiymat yaratishi kerak.

Hurmat

Muallifga, oʻquvchiga, tarjimaga va fikrga hurmat bilan yondashish.

Har bir kitob ham siz uchun emas.

Har bir mashhur kitob ham har bir inson uchun foydali emas. Shuning uchun biz har bir kitob sahifasida u kimga mos kelishini ham, kimga mos kelmasligini ham ochiq yozamiz.

Kitoblarni qanday tanlaymiz?

Kitob tanlash — fikrlashdan boshlanadi.

  1. Kitobdagi gʻoyaning qiymati
  2. Muallifning ishonchliligi
  3. Mavzuning oʻzbek oʻquvchisi uchun dolzarbligi
  4. Kitobning fikrlashga qoʻshadigan hissasi
  5. Tarjima qilishga arziydigan mazmun
  6. Uzoq muddatli foydalilik


Sizga koʻproq kitob emas, kerakli kitob kerak.

Kitoblarni koʻrish